Ота-оналик Қилиш Учун Дарслар


Ota-onalik Qilish Uchun 39 ta Dars, 20 ta O'git va 10 ta "Ta'qiq" 

Muallif: Matt Schmucker

 

Muharrir qaydnomasi: Bu maqola Matt va uning rafiqasi Eli tomonidan yozilgan va ularning besh nafar farzandi bor.

 

 

 


Biz O'rgangan 39 ta Dars

 


O'zimiz Haqimizdagi Darslar

 

1. Farzandlaringizning sadoqatli rahnamosi bo'lish uchun Iso Masihda yashashingiz kerak. (Yuhanno 15:5 "Men — tok, sizlar — novdasizlar. Agar Menda bo‘lsangizlar va Men sizlarda bo‘lsam, ko‘p hosil berasizlar. Mensiz hech narsa qilolmaysizlar").

 

2. Qush uyasida ko'rganini qiladi. Onaning kundalik ibodati Xudoning ruhlantirishi va yo'l-yo'rig'i sifatida tabiiy ravishda farzandlarga o'tadi.

 

3. Farzandlaringizni eshitmaslik ularni noto'gri hukm qilishingizga sabab bo'ladi. (Yoqubning Maktubi 1:19-20 "Ey aziz birodarlarim, shuni esingizda tutinglar: har bir odam eshitishda chaqqon, gapirishda vazmin, g‘azab kelganda bosiq bo‘lsin. Chunki insoniy g‘azabingiz Xudoga manzur bo‘lgan solih hayot kechirishingizga yo‘l qo‘ymaydi").

 

4. Qiladigan ishlarimiz ro'yxati farzandlarimizning o'y-fikrlaridan muhimroq emas.

5. Tartib-intizomni emas, balki inoyat xushxabarini o'rgating.

6. Farzand bo'lganda shakllanasiz; ota-ona bo'lganda poklanasiz.

7. Agar ota-onalik qilish haqida jiddiy o'ylab ko'rmasangiz, sizga qanday ota-onalik qilishgan bo'lsa, siz ham shunday ota-onalik qilaverasiz.

8. Farzandlar katta bo'lgan sari ota-ona kichikroq bo'lish kerak. Boshqacha qilib aytganda, ota yoki ona farzandlar voyaga yetgani sari o'zi qilgan gunohlarini tan olishda va ruhiy qiyinchiliklarini bo'lishishda ochiqroq bo'lishi kerak. Farzandlaringiz kattaroq bo'lgani sayin imon uchun kurashganingiz haqida ular sizdan ko'proq eshitishlari kerak.

9. Oddiy vaqtlar ajoyib xotiralarni beradi.

10. Farzandli bo'lsangiz, hayotingizda ko'p narsani zahiraga olib qoyishingiz kerak.

11. Isnod keltiradigan hayot Xushxabarni zaiflashtiradi. Namunali hayot esa, unga olqish olib keladi.

 


Farzandlar Haqidagi Darslar

12. Yosh bolalarga sizning yoshligingizdagi kuchingiz kerak; kattaroq bolalarga esa, sizning donoligingiz zarur. (Yoshroq paytda bola ko'rishga harakat qiling).

13. Bolalaringiz yosh bo'lganda ularga haqiqatni to'xtamay o'rgating.  Payti kelib Xudo bu haqiqatni ochib berishiga ishoning.

14. Bolalaringizni o'rganing. Ularning sevgi tili nimada ekanini aniqlang.

15. Doimiy, sevgiga to'la va sadoqatli intizom uyga tinchlik olib keladi. O'zgaruvchanlik tartibsizlik keltirib chiqaradi.

16. Bolangizga o'z qadr-qimmatini dunyoviy me'yorlar bilan o'lchashiga yo'l qo'ymang. Bu dunyoda bilimli odamlar mukofatlanadi. Lekin Xudo o'z yuragiga ohangdosh yurakda sevinadi. (Qonunlar 30:8-10 "Sizlar yana Egamizga quloq solasizlar. Men bugun sizlarga berayotgan Uning amrlariga rioya qilasizlar. Qiladigan har bir ishingizni Egangiz Xudo muvaffaqiyatli qiladi. Uvali–juvali bo‘lasizlar, molingiz ko‘payadi, yeringiz hosili barakali bo‘ladi. U ota–bobolaringizga bergan farovonlikdan qanchalik mamnun bo‘lgan bo‘lsa, sizlarga beradigan farovonlikdan ham shunchalik mamnun bo‘ladi. Shuning uchun Egangiz Xudoga itoat eting. Butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan mana shu Tavrot kitobida yozilgan amr va farmonlarga rioya qilib, Egamizga qayting").

 

17. Xudo farzandlarimizga "talantlar" beradi. Ikki talanti bo'lgan va ikkalasini ham ishlatayotgan bola, aslida besh talanti bo'lgan, lekin uchtasini ishlatayotgan boladan ko'ra Xudoga ko'proq manzur bo'lishi mumkin (Matto 25). Bosh maqsad bu sadoqatli rahnamolikdir.

18. Ba'zi kunlari bolalaringizni qornini to'q qilib, ularni sog'-salomat saqlashingizdan boshqa hech narsa qilmaganingiz ham ma'qul.

19. Katta farzandlar zaifroqlariga g'amxo'rlik qilishni o'rganishlari kerak; buni qilish bizga Isoni eslatadi. Matto o'n sakkizinchi bobda aytiladiki "Kim shunday bir bolani Mening nomimdan qabul qilsa, Meni qabul qilgan bo‘ladi". Bundan farqli ravishda, Zabur o'ninchi bob, ikkinchi oyatda, "Qara, pokdilning yuragini panadan otmoq uchun Qabihlar yoylarini tayyorladi, O‘qlarini shaylab, mo‘ljalga oldi", deb yozilgan.

 

20. Bolalaringiz yosh bo'lganda ularning dunyosida yashamasangiz, kattaroq bo'lganda ularning hayotida o'z gapimni o'tkaza olaman, deb taxmin qilmang. Farzandlaringiz bilan o'ynang. Bu yerda nima eksang shuni o'rasan degan gap bor. (Korinfliklarga Ikkinchi Maktub 9:6 "Shuni unutmangki, oz ekkan oz o‘rib oladi, mo‘l ekkan esa mo‘l o‘rib oladi").

21. Farzandlaringiz uchun zerikarli paytning zarari yo'q. Bu narsa ularni yaratuvchan bo'lishiga sabab bo'ladi.

22. Bolalaringizni yaxshi kayfiyatda uxlashga yotqizing (maktabga ham yaxshi kayfiyatda jonating). (Efesliklarga Maktub 4:26 "Hatto g‘azablanganingizda ham gunoh qilmang. Quyosh botguncha jahldan tushinglar").

23. Bolalaringiz bir-biriga hisob berib turganiga ishonch hosil qiling. Uyingizda g'amxo'rlik va kechirim muhitini yarating. (Korinfliklarga Birinchi Maktub 13:5 "Sevgi odobsizlik qilmaydi, xudbinlik qilmaydi, achchiqlanmaydi, kek saqlamaydi").

 

24. Bolalaringizni muammoni hal qilishga va pashshadan fil yasamaslikka o'rgating. (Matto 5:9 "Tinchlik o‘rnatuvchilar baxtlidir, Chunki ular Xudoning farzandlari deb ataladilar").

 

25. Bolalar Muqaddas Yozuvlarni juda tez yodlay olishadi.

26. Bolalaringizni muhtojliklarga e'tiborli bo'lishga o'rgating. "Qanday yordam beray?", deb sorashni ularga uqtiring. (Filippiliklarga Maktub 2:3 "Hech bir ishni xudbin niyatda qilmang, shuhratparast bo‘lmang, aksincha kamtarlik bilan boshqalarni o‘zingizdan balandroq ko‘ring").

 

27. Bolalaringizni katta odamlarni hurmat qilishga va ularning nufuzini tan olishga o'rgating.

28. Bolalaringizga minnatdor yurakka ega bo'lishni o'rgatish orqali moddiyatga qul bo'lishga qarshi kurashing. (Salonikaliklarga Birinchi Maktub 5:18 "Har qanday sharoitda ham Xudoga shukr qilinglar,

chunki sizlar, ya’ni Iso Masihga imon keltirganlar uchun Xudoning irodasi shudir").

29. Bolalaringizni tanbeh, tuzatish va yo'l-yo'riqni to'g'ri qabul qilishga o'rgating. (Sulaymonning Hikmatlari 12:15 "Nodon o‘z yo‘lini to‘g‘ri deb o‘ylaydi, dono esa maslahatga quloq soladi").

 

30. Bolalarni bola bo'lishiga yo'l qo'yib bering. Bolalaringizni biror kasb uchun bir yoqlama tayyorlash orniga ularni turli xil qo'shimcha mashg'ulotlardan (sport turlari, san'at, teatr v.h.) ham xabardor bo'lishiga imkon yarating.

 


Shayton Haqidagi Darslar

31. Aynan jamoatga boradigan kun ertalab shayton bizning uylarimizga kelib, qiyinchilik yaratganday bo'ladi. 

32. Bolalaringizni suvda cho'mdirish uchun tashqi bosimga e'tibor bermang. Bolangizdagi imonni tasdiqlash ishtiyoqi qanchalik samimiy ekanini tekshiring. (Sulaymonning Hikmatlari 22:15 "Aqlsizlik bolaning diliga o‘rnashgan...").

 

33. Shayton buzg'unchi va u har doim har qanday nufuzga hujum qiladi: er/xotin va ota-ona/farzand. Xushxabar atrofida birlashish uchun uyingizda kurashing.

34. Onalarning "Men hamma narsani qila oladigan zo'r ayolman" degan fikri afsona yoki do'zaxdan kelgan yolg'ondan boshqa narsa emas. (Matto 6:24 "Hech kim ikki xo‘jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko‘rib, boshqasini yaxshi ko‘radi, yoki biriga bag‘ishlanib, boshqasini mensimaydi. Sizlar ham Xudoga, ham boylikka birdek xizmat qila olmaysizlar.” Luka 10:40 "Marta esa mehmon kutish bilan ovora edi." 41-42 oyatlar: "Marta, Marta, buncha urinib tashvishlanmasang! Zarur bo‘lgan bittagina narsa bor. Maryam o‘zi uchun eng yaxshisini tanladi va bu undan tortib olinmaydi").

 

35. Yakshanbadagi turli mashg'ulotlardan ehtiyot bo'ling. Bolalaringiz hali kichik bo'lgan paytda, yakshanba kuni Xudoga sajda qiladigan vaqtingizga halaqit beradigan mashg'ulotlarni farzandingizga ruhsat bermaslikka qaror qiling. (Chiqish 20:8 "Shabbat kunini muqaddas deb biling, bu kunga rioya qilib yuring").

36. Bolalaringizni dunyoga tayyorlang. Ularni dunyodan himoya qilmang. O'smir yoshdagi farzandlaringizni faqat Masihiy davralarda qotib qolishdan olib chiqing.

 


Xudo Haqidagi Darslar

37. Ibodat bolalaringizning hayotida ishlatiladigan qudratli quroldir. Bu ota yoki onaning bolaga yondashuvini o'zgartiradi. Bu toshbag'ir farzandning yuragini yumshatadi.

38. Xudo farzandlaringizni sizning gunohingiz va ikkiyuzlamachiligingizni ko'rsatish uchun yuragingizning ko'zgusi qilib ishlatadi.

39. Xudo tanlaydi. Xudo qutqaradi. Ota-onalar yurakni o'zgartiruvchi bu ishni qila olmaydi. Biz qila oladigan yagona ish shuki, biz farzandlarimizning qayta tug'ilishiga sababchi bo'la oladigan Zotga ibodat qilishimiz va ishora qilishimiz mumkin.

 


Xudoni SHaraflovchi Farzandlarni Katta Qilish Uchun Yana 21 ta O'git

1. Shunday gap bor: Agar onam xursand bo'lmasa, hech kim xursand emas. Aslida esa, muammo otada deb hisoblaymiz. Ayollar va erkaklar o'rtasidagi teng huquqlilik nuqtai nazaridan yuqoridagi gapni agar otalar Xudoda xursand bo'lmasa, hech kim xursand bo'lmaydi, deb to'ldirish kerak.

2. Ona doim uyda bo'ladigan holatlarda u kuni bo'yi bolalar bilan bo'lgani uchun ota tartib-intizom masalasida o'zini chetga olishga moyil bo'ladi. Bir hisobdan bu to'g'ri, chunki u kuni bo'yi bo'lib o'tgan narsalardan xabardor bo'lmaydi. Shunday bo'lsa-da, ota vaziyatni tushunishi va bolalar bilan shug'ullanishi kerak.

3. Yaxshi va uncha yaxshi bo'lmagan ota-onalarning ikkalasi bilan ham gaplashing; siz ularning ikkalasidan ham o'zingiz uchun biror nima o'rganasiz.

4. O'ta qari ota-onalar bilan gaplashish samarali bo'lmasligi mumkin, chunki ularning xotirasi yomonlashgan bo'ladi va ular bolalarni katta qilishni yomon tush kabi yoki ajoyib tajriba kabi esga olishadi. Sizdan 5-10 yil oldinda bo'lgan ota-onalar bilan gaplashish samarali bo'lib ko'rinadi. (Sulaymonning Hikmatlari 15:22 "Maslahat bo‘lmagan joyda ish yurishmaydi, maslahatchi ko‘p bo‘lsa, muvaffaqiyatli bo‘ladi").

 

5. Garchi erta deb o'ylasangizda, lekin nevaralaringizni ruhan tarbiyalashni o'z oldingizga maqsad qilib qo'ying. Bu esa hatto hozirgi paytdagi ota-onaligingizni shakllanishiga imkon beradi.

    Ijobiy namuna: "Sening samimiy imoningni doim eslayman. Avvaldan buving Loida hamda onang     Evnika     o‘z qalblariga jo etgan o‘sha imon endi senda ham ravnaq topayotganiga aminman."     Timo'tiyga Ikkinchi Maktub 1:5

 

    Salbiy namuna: "Butun keksa avlod ham olamdan o‘tdi. Isroil xalqining yosh avlodi esa Egamizni

    tan olmadi, Uning Isroil xalqi uchun qilgan buyuk ishlarini bilmadi." Hakamlar 2:10

6. Bolalaringiz mehmondo'stlik qilayotganingizni ko'rsin va ular ham ishtirok etsin. Bu narsa barcha bolalarda bo'lgan xudbinlikka moyillikni sekin-asta yo'q qiladi. (Rimliklarga Maktub 12:13 "Muhtojlikda bo‘lgan birodarlarga yordam bering, doimo mehmondo‘st bo‘ling").

 

7. Masihiy bo'lmaganlar o'z foydalarini ko'zlab uylarida qulaylik yaratadi. Imonlilar o'z oilasi, jamoat a'zolari va mehmonlarning (bu ro'yxatning tartibini e'tiborga oling) manfaatini o'ylab uylarida qulaylik yaratishi va ishlatishi kerak. 

    "Zero, o‘z qarindoshlariga, xususan oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilmagan kishi imonni inkor etgan     bo‘ladi.     U imonsizdan ham battardir." Timo'tiyga Birinchi Maktub 5:8

 

    "Demak, hali fursat bor ekan, hammaga, ayniqsa, Masih xonadoniga tegishli bo‘lganlarga     yaxshilik qilaveraylik." Galatiyaliklarga Maktub 6:10

 

8. Iloji bo'lganda uyimizda televizor saqlamagan bo'lardik. Televizor uyda sodir bo'layotgan muhimroq narsalar bilan raqobatlashadi. Televizor bolaning to'g'ri fikrlay olishiga halaqit berishi mumkin. Televizoringiz bo'lsa bolalaringiz bilan tomosha qiling (imkoningiz bo'lganda) va to'g'ri va noto'g'ri narsalarni tushuntirib bering.

9. Hozirgi avlod ota-onalari farzandlarini o'zligini to'liq namoyon qilishga va o'zlarining barcha fikrlarini ifodalab berishga ruhlantiradi. Ota-onamizning avlodi esa, "Bolalar kattalarning oldida doim sukut saqlashi kerak", degan fikr bilan katta bo'lgan. Ikkala fikr ham muvozanatni yo'qotgan deyish mumkin. Sulaymonning Hikmatlari 10:8: "Yuragida donolik bo‘lgan amrlarni qabul qiladi, ezma nodon esa halok bo‘ladi." Efesliklarga 4:29 nutqning maqsadi tinglovchining foydasi uchun bo'lishi kerak degan taklifni o'rtaga tashlaydi.

 

10. Agar katta farzandingiz sizga quloq solmasa, kichik farzandingizdan bo'ysunishni kutmang. (Sulaymonning Hikmatlari 10:17 " Nasihatga quloq solgan hayot yo‘lidadir,

tanbehni tan olmagan yo‘ldan adashadi").

11. Insonning vijdoni Xudoning qonuni kabi emas. Agar vijdonga: Yurish-turishning to'g'riligi yoki noto'g'riligi bo'yicha yolboshchi sifatida harakat qiladigan ichki ovoz deb ta'rif berilsa, u holda sizning vijdoningiz Xudoning kalomi haqidagi bilimingizdan ortiq bo'lmaydi. Yaxshi-yomonni farqlovchi vijdon ishonchli narsa bo'lishi mumkin, faqatgina agar u Xudoning kalomi va qonuniga asoslangan bo'lsa. Yaxshi- yomonni farqlamaydigan vijdon esa juda ham xavflidir. Xudoning kalomini sepish orqali farzandingizni vijdonini sezgir qiling.

12. Biz ko'pincha uyimiz haqida Masihning xushbo'y hidi bilan gapiramiz (tinchlik, umid, kechirim va sevgi - hammasi Xudoning ulug'vorligi uchun). Boshqa uylarda quyidagicha hidlar bor: avtobus bekati - odamlar shunchaki kelib ketadi. Jang maydoni - odamlar urushgani-urushgan. Lekin sizning uyingizning hidi qanday?

13. Odobli bolalar Masihiy bolalar degani emas.

14. Yakshanba kuni bir vaqtni tanlab, bolalaringiz bilan o'sha kungi va'z haqida gaplashing. Ularga Yakshanba maktabi yoki umumiy yig'ilishda o'rgangan narsalarini xulosa qildiring va mana shu xulosani o'z yuraklarida va qiyinchiliklarida qo'llashiga yordam bering. Keyin esa, har bir odamning kelayotgan haftasi uchun ibodat qilib, vaqt o'tkazing.

15. Martin Luter o'z uyida sajdani boshqaruvchi cho'pon bo'lish uchun javobgarligi bor ekani haqida aytgan. Uning uyi ham maktab ham jamoat bo'lishi kerak edi. Ey otalar, sizda ham shunday tushuncha bormi?

16. Luterning yuqorida aytgan gapi shuni anglatadiki, otalar sajda qilishni boshqarish uchun uyda bo'lishlar kerak. Qo'lda telefon bilan uyda bo'lish hisobga olinmaydi.

17. Oilaviy sajda qilish uchun Don Vitniy bizni lo'ndalikka, muntazamlikka va egiluvchanlikka ruhlantiradi.

18. Bolalaringizning hayotida bu dunyodagi Xudo ishining global rejasini quring, so'ngra ularning Buyuk Topshiriqqa nisbatan to'g'ri munusobatini tiklang. Xaritani ovqatlanadigan joyga yaqin yerga qoyish juda foydali deb o'ylaymiz. Operation World kitobini o'qish orqali butun oila Xudoning bu dunyodagi ishi haqida ma'lumot olishi mumkin.

19. Bolalar biror narsa qilish uchun ruxsat so'raganda, ularning iltimosi odatda quyidagi kategoriyalardan biriga to'g'ri keladi:

Oqilona Fikr Emas/Ruxsat Berish Mumkin kategoriyasi bajarish uchun eng qiyini hisoblanadi. Siz nima uchun bu iltimos oqilona emasligi haqida jiddiy o'ylab ko'ring va tahlil qiling. Bu sizning xohishingizmi yoki bu rostdan ham oqilona emasmi? Keyin siz ularni bu masala bo'yicha donolik bilan o'ylab ko'rishga ruhlantiring toki siz ularga ruxsat bergan taqdiringizda ham ular ish chappasiga ketganda, bundan saboq olishganini eslab yurishsin.

20. Fikr-hayoli Xudoga qaratilgan farzandlarni katta qiling.

 


Farzandingizni Jahlini (Noto'g'ri) Chiqarishning Eng Ko'p Uchraydigan 10 Xil Usuli

  • Kolosaliklarga Maktub 3:21 "Ey otalar [va onalar], farzandlaringizni ranjitavermanglar, bo‘lmasa ular tushkunlikka tushib qoladi."
  • Efesliklarga 6:4 "Ey otalar [va onalar], farzandlaringizning g‘ashiga tegmang. Ularni Rabbimizning ta’lim–tarbiyasi bilan o‘stiringlar."

1. Jahlingiz chiqqan paytda farzandingizni intizomga chaqarishni odat qiling.

 

2. Farzandingizni urishishni, ayniqsa hammaning oldida, koyishni maqsad qiling. Masxara va ustidan kulish yaxshi ish beradi. 

 

3. Farzandingizni do'stlarining oldida ataylab uyaltiring. Ismini aytib kamsitish ularning quloq solishiga yordam beradi.

 

4. Farzandingiz kimga yoki nimaga ergashishini hech qachon bilmasligi uchun o'zgaruvchan qoidalar yarating.

 

5. Farzandingizga inoyat xushxabari o'rniga intizomli bo'lish xushxabarini o'rgating va farzandingiz uni mahkam tutsin. (E'tiborga oling: Muqaddas Kitob farziylarni juda baxtsiz odamlar qilib ko'rsatadi.)

 

6. Hech qachon nohaq ekaningizni tan olmang va hech qachon farzandingizdan kechirim so'ramang.

 

7. Farzandingizdan biror no'joya narsa topmaguncha uni tekshiring. Erishib bo'lmaydigan me'yorni ulardan talab qilish bu vazifani osonlashtiradi.

 

8. Farzandlaringizni tinglamay turib, ularning o'rtasidagi janjal bo'yicha hukm chiqaring.

 

9. Farzandingizni boshqalar bilan solashtiring.

 

10. Ertalabdan farzandingizga biror narsa va'da qiling,  lekin keyin va'dangizni bajarmang.

 

 

Ota-onalar farzandlarining jahlini yaxshi yo'llar bilan chiqarishi kerak. "Bir–birimizga e’tiborli bo‘lib, bir–birimizni mehr–muhabbatga va xayrli ishlarga chorlaylik" (Ibroniylarga Maktub 10:24).

 

 

*Bu maqola birinchi bo'lib 9Marks veb-saytida nashr qilingan: https://www.9marks.org/

 

Your encouragement is valuable to us

Your stories help make websites like this possible.